Samarqandda keytering — Mehmondo‘stlik — har bir tafsilotda
Samarqand va O‘zbekiston bo‘ylab keyteringRasmiy qabullar, xalqaro forumlar, furshet va kofe-breyklar. Menyu, dasturxon bezagi va jamoa — tadbiringiz formatiga mos.
Kuniga minglab mehmon
Samarqanddagi xalqaro forumlar: o‘z sexmizda pishirilgan non-pishiriqlar, kofe-breyklar va joyida xizmat.
Tadbir egalari mehmonlarga e’tibor qaratishi uchun sharoit yaratamiz. Menyu, dasturxon, jamoa va joydagi tartib — oldindan kelishamiz va o‘z vaqtida bajaramiz.





Dasturxonda nimalar bo‘ladi
Menyuni format va mehmonlarga qarab tuzamiz. Barcha suratlar — o‘z tadbirlarimizdan.







Xalqaro va davlat tadbirlari
- 2022ShHT sammiti, Samarqand
Sammit maydonlarida furshet va kofe-breyklar.
- 2023EBRD, yillik yig‘ilish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki yig‘ilishi ishtirokchilari uchun furshet liniyalari va pishiriqlar.
- 2023UNWTO
Tourism Academy ishtirokchilari uchun milliy uslubdagi furshet, 2023-yil oktabr.
- 2023Asia Triathlon Cup
Samarqanddagi World Triathlon musobaqalarining VIP-zonasi.
- 2024AIIB, yillik yig‘ilish
Kuniga 2–3 ming ishtirokchi uchun kofe-breyk va pishiriqlar, Silk Road Samarkand.
- 2025UNESCO
Samarqanddagi tadbirga xizmat ko‘rsatish.
Hamkorlarimiz



Loyihalar
Tadbirlardan qisqa lavhalar — sahnalashtirishsiz.
Silk Road Samarkand: kuniga 2–3 ming ishtirokchi uchun o‘z sexmiz pishiriqlari va kofe-breyklar.
Samarqandda ishtirokchilar uchun uzun furshet liniyalari va pishiriqlar.
Milliy uslubdagi furshet: so‘zana, ikat, kanape va shirinliklar stoli.

Sammit maydonlarida kanape, pishiriq va desertlar.
World Triathlon musobaqalarining VIP-chodiri: choy, pishiriq, desertlar.
Mevalar, desertlar va tandir noni — to‘g‘ridan-to‘g‘ri joyida.
Kirish oldida kechki furshet, milliy dastur va kokteyl zonasi.
Ochilish marosimi mehmonlari uchun furshet va gazaklar.
Gilamlar zalida sendvich, pirojniy va meva kompozitsiyalari.
Havo sharlari va o‘yinchoqlar bilan shirinliklar stoli.
Fikrlar
Mehmon va buyurtmachilarning so‘zlari — o‘zlari qanday yozgan va aytgan bo‘lsa, shunday.
Well, we’ve just enjoyed Uzbekistan’s hospitality for the last four days, and we had wonderful food. For me it was the first visit to the country, so I very much enjoyed the gracious hospitality from our hosts here in Samarkand. The food is really nice — really enjoyed it!

Best coffee and cakes
International Catering jamoasiga a’lo xizmat, mazali taomlar va professional tashkilot uchun rahmat! Hammasi yuqori darajada o‘tdi. Mehmonlar mamnun qoldi! O‘z ishining ustalari!
Savollar
Nega saytda narxlar yo‘q?
Har bir tadbirni alohida hisoblaymiz: mehmonlar soni, format, menyu, joy va tortiq vaqti hammasini o‘zgartiradi. Ariza qoldiring — menejer qo‘ng‘iroq qilib, tafsilotlarni aniqlaydi va tadbiringiz uchun hisob-kitob yuboradi.
Arizani necha kun oldin qoldirish kerak?
Qancha erta bo‘lsa, shuncha yaxshi — ayniqsa to‘y va katta banketlar uchun. Kichik kofe-breyk yoki furshetni ko‘pincha bir necha kunda ham tayyorlay olamiz: so‘rab ko‘ring.
Taomlarni oldindan tatib ko‘rsa bo‘ladimi?
Ha, menyuni muhokama qilganda degustatsiya haqida kelishamiz.
Istalgan joyga borasizmi?
Restoran, banket zali, ofis, ochiq maydon va uylarda ishlaymiz. Bayram qayerda bo‘lishini ayting — nimalar kerak bo‘lishini maslahat beramiz.
Xizmatga nimalar kiradi?
Oshxona, tortiq, idish-tovoq va dasturxon, ofitsiantlar hamda bayramdan keyingi tozalash. Sizga aynan nima kerakligini ariza bo‘yicha kelishamiz.
Rasmiy protokol bilan ishlaysizmi?
Ha. Tayyorgarlik va tortiqni tashkilotchi va joy xizmatlari bilan oldindan — tadbir reglamenti bo‘yicha kelishamiz.
Pishiriq va desertlar ham o‘zingiznikimi?
Ha. Pishiriq, tort va desertlarni o‘z qandolat sexmiz — avesto qandolatxonasi tayyorlaydi, 2007-yildan beri.
Tadbiringizni muhokama qilamiz
Ovozli yoki messenjerda qulayroqmi — to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing va qo‘ng‘iroq qiling.
+998 91 530 00 70telefon +998 91 530 00 50telefon @international_cateringTelegram @catering_samarkandInstagramInternational Catering — Samarqanddagi keytering kompaniyasi: o‘z oshxonasi va avesto qandolat sexi bor (2007-yildan). Banket, furshet, kofe-breyk, gala-kecha, rasmiy qabul va oilaviy bayramlarga joyida xizmat ko‘rsatamiz — Samarqandda va butun O‘zbekiston bo‘ylab. ShHT sammiti, EBRD va AIIB yillik yig‘ilishlari, UNWTO va World Triathlon tadbirlarida ishlaganmiz.
